Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Agent: "Alvaresni "Barselona"ga taklif qildim, ammo ular Ferranni tanladi"

Agent: "Alvaresni "Barselona"ga taklif qildim, ammo ular Ferranni tanladi"

Baho:
+ | -

Futbol agenti Jozep Mariya Mingelya 2023 yilda "Barselona" Xulian Alvaresni ancha arzon narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lganini aytgan.

"Men Xulian Alvaresni "Barselona"ga 20 mln yevroga taklif qilgandim. Ammo ular uni rad etib, Ferran Torresni 60 mln yevroga sotib olishdi", — degan Mingelya.

Alvares keyinchalik "Manchester Siti" safida o‘zini ko‘rsatib, Angliya klubi bilan bir qator yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi. 2024 yilda esa u "Atletiko Madrid"ga o‘tdi.

Ferran Torres esa "Barselona"ga 2022 yil yanvarda "Manchester Siti"dan kelib qo‘shilgandi.

Mingelyaning ushbu gaplari Alvaresning "Barselona" bilan yana transfer mish-mishlarida tilga olinayotgan bir paytda qaytadan e’tibor markaziga chiqdi.

Kiritildi: 13:46, 18.08.2026.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик