Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Xabi Alonso: «Buyuk «Chelsi» uchun bizga buyuk Palmer kerak»

Xabi Alonso: «Buyuk «Chelsi» uchun bizga buyuk Palmer kerak»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Koul Palmer haqida fikr bildirdi. Murabbiy futbolchi yana o‘zining eng yuqori darajasiga qaytishi mumkinligini ta’kidladi.

24 yoshli yarim himoyachi «Chelsi»ga o‘tganidan keyin ikki mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi. Biroq 2025/26 yilgi mavsumda u sport formasi va jismoniy tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Natijada Palmer Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilmadi.

«Avvalo, jismoniy holatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. O‘zingizni sog‘lom his qilishingiz va eng yaxshi o‘yiningizni ko‘rsatish uchun 100 foiz tayyor bo‘lishingiz lozim. Jismoniy jihatdan tayyor bo‘lsangiz, ishonch ham paydo bo‘ladi. Tizim ishlayotganini his qilish, futboldan zavq olish va maydondagi vazifangizni aniq tushunish kerak», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

«Koul — o‘ziga xos futbolchi. Agar «Chelsi»ning buyuk jamoaga aylanishini istasak, bizga buyuk Palmer kerak. Biz kuchli va barqaror tizim yaratishimiz lozim, shunda u to‘pni kerakli joyda va kerakli vaqtda qabul qiladi. Ana shunda u o‘yin taqdirini hal qila oladi», — dedi Alonso.

Palmerning o‘zi avvalroq chov sohasidagi jarohatidan to‘liq tiklanganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 13:13, 19.08.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик