Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Chelsi" va "Kristal Pelas" kelishuvga erishdi

"Chelsi" va "Kristal Pelas" kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi yaqin vaqt ichida "Kristal Pelas" safiga ijara asosida o‘tishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar 28 yoshli futbolchining sotib olish huquqisiz ijaraga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni paytda "Kristal Pelas" Disasi vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Disasi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Xem" safida o‘tkazdi. U "bolg‘achilar" tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Fransiyalik himoyachining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Disasining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:46, 20.08.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик