Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Barselona" 70 million yevro sabab Mikautadze transferidan voz kechdi

"Barselona" 70 million yevro sabab Mikautadze transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Vilyarreal"ning gruziyalik hujumchisi Jorj Mikautadze "Barselona" safiga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" 25 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha "Vilyarreal"ga murojaat qilgan. Biroq ispan klubi hujumchi uchun 70 million yevro talab qilgan. Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" yuqori narx sabab transferdan voz kechgan.

O‘tgan yozda "Vilyarreal" Mikautadzeni "Lion"dan 31 million yevroga sotib olgan edi. Gruziyalik hujumchi ispan klubi safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mikautadzening "Vilyarreal" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:48, 20.08.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик