Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Aksel Vitsel faoliyatini "Nissa"da yakunlamoqchi

Aksel Vitsel faoliyatini "Nissa"da yakunlamoqchi

Baho:
+ | -

"Nissa"ning yangi futbolchisi Aksel Vitsel Fransiya klubi uning faoliyatidagi so‘nggi jamoa bo‘lishi mumkinligini aytdi. 37 yoshli belgiyalik futbolchi shu hafta "Nissa" bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan bir yillik shartnoma imzoladi.

"Faoliyatimni shu yerda yakunlashni istardim. Bu haqiqatan ham o‘ylayotgan narsam. Soch turmagini hisobga olmaganda, nega Dante yo‘lidan bormasligim kerak?" — deya Vitselning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

O‘tgan mavsum yakunida 42 yoshli braziliyalik Dante "Nissa"da 10 yil o‘ynaganidan so‘ng professional faoliyatini yakunlagan edi. Vitsel va Dante bir xil afro uslubidagi soch turmagi bilan ham ajralib turadi.

Vitsel faoliyati davomida "Standard", "Benfika", "Zenit", Dortmundning "Borussiya", "Atletiko" va "Tyanszin Teda" klublarida ham to‘p tepgan.

Kiritildi: 13:29, 20.08.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик