«Lill» vingeri Matias Fernandes-Pardoning vakillari futbolchining jamoadan ketishiga erishish maqsadida klub rahbariyatidan uchrashuv o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli belgiyalik futbolchi transferni amalga oshirish istagida va hatto jamoaning so‘nggi uchrashuvida maydonga tushishdan bosh tortgan.
Shunga qaramay, «Lill» Fernandes-Pardoni joriy yozda qo‘yib yuborishni istamayapti. Fransiya klubining pozisiyasi futbolchining xohishi va «Atletiko» tomonidan bildirilgan 35 million yevrolik taklifga qaramay o‘zgarmagan.
Fernandes-Pardoning «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ham uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda belgiyalik vinger barcha musobaqalar doirasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fernandes-Pardo 2026 yilgi Jahon chempionatida ham Belgiya terma jamoasi safida uchta uchrashuvda ishtirok etdi. U har uchala bahsda zaxiradan maydonga tushgan.













