Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

PSV «Leypsig» himoyachisini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

PSV «Leypsig» himoyachisini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Baho:
+ | -

PSV «Leypsig» himoyachisi Lyutsxarel Gertryoyda transferini rasman e’lon qildi. Niderlandiyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar ijara asosida Eyndxoven klubi sharafini himoya qiladi. Bitimda futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

26 yoshli himoyachi yangi jamoasida 2-raqam ostida to‘p suradi. Ayrim manbalarga ko‘ra, PSV mavsum yakunida Gertryoydani 15 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga sotib olishi mumkin.

Gertryoyda 2024 yil yozida «Feyenoord»dan «Leypsig»ga 20 million yevro evaziga o‘tgandi. U Germaniya klubi safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

O‘tgan mavsumni esa himoyachi Angliyada — «Sanderlend» safida ijara asosida o‘tkazdi. Gertryoydaning «Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ayni paytda Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:19, 21.08.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик