Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Alan Andrade uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyorlanmoqda

«Manchester Siti» Alan Andrade uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» «Palmeyras»ning 22 yoshli vingeri Alan Andrade transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchi uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor. Angliya klubi hozircha rasmiy taklif kiritmagan bo‘lsa-da, braziliyalik futbolchini xarid qilish bo‘yicha dastlabki muloqotlarni boshlagan.

«Palmeyras» tomoni esa futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas — braziliyaliklar turli gol va natijalar uchun bonus to‘lovlarini hisobga olgan holda kamida 38 million yevro olmoqchi. «Siti» rahbariyati ushbu vingerni «Tottenxem»ga o‘tishi kutilayotgan Savinyoning o‘rnini to‘ldiruvchi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Alan Andrade Braziliya A Seriyasida «Palmeyras» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 07:45, 22.08.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик