Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Fulxem" "Atalanta"ni ko‘ndirmoqchi

"Fulxem" "Atalanta"ni ko‘ndirmoqchi

Baho:
+ | -

"Fulxem" "Atalanta"ning o‘ng qanot himoyachisi Raul Bellanovani qo‘lga kiritish harakatlarini davom ettirmoqda.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun yangi taklif yuborishga tayyor. "Fulxem"ning avvalgi, taxminan 20 mln yevrolik taklifi bergamoliklar tomonidan rad etilgandi.

"Atalanta" hozircha Bellanovani sotishni rejalashtirmayapti va uni asosiy tarkib futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Shunga qaramay, "Fulxem" muzokaralarni davom ettirish niyatida. Italiyadagi so‘nggi xabarlarga ko‘ra, angliyaliklar yangi taklif miqdorini 27 mln yevrogacha oshirishi mumkin.

Bellanovaning o‘zi esa London klubiga o‘tish variantiga ijobiy munosabat bildirgan. Endi asosiy masala ikki klubning transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishishida qolmoqda.

Bellanova "Atalanta"ga 2024 yil yozida "Torino"dan kelib qo‘shilgan. U o‘ng qanot himoyachisi va vingbek pozisiyalarida harakat qiladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:31, 22.08.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик