"Roma" "Fenerbaxche" himoyachisi Jeyden Ostervoldeni qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi.
Sky Sport Italia ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar 25 yoshli niderlandiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborgan. Muayyan shartlar bajarilsa, sotib olish majburiy tus olishi ham mumkin. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
So‘nggi xabarlarda bitimning umumiy qiymati 20 mln yevroga yaqinlashishi mumkinligi aytilmoqda. Avvalroq "Roma" 15 mln yevro atrofidagi taklif bilan chiqqan, ammo "Fenerbaxche" uni qabul qilmagandi.
Ostervolde "Fenerbaxche"da 2023 yil yanvaridan buyon to‘p surib keladi. Uning universalligi "Roma" uchun muhim omil — futbolchi markaziy va chap qanot himoyachisi pozisiyalarida harakat qila oladi.
Niderlandiyalik himoyachi avval Italiya futbolida ham o‘ynagan — u "Parma" sharafini himoya qilgan.













