Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

172 o‘yinda 70 gol: «Leypsig» sobiq yulduzini qaytarmoqchi

172 o‘yinda 70 gol: «Leypsig» sobiq yulduzini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» Kristofer Nkunkuni jamoaga qaytarishi mumkin. BILD ma’lumotiga ko‘ra, nemis klubi «Milan»ning 28 yoshli fransiyalik hujumchisini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha «Leypsig» sharafini himoya qilgan. U klub safida barcha musobaqalarda 172 ta o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol urgan va 56 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi faoliyatining eng yaxshi davrini aynan Germaniyada o‘tkazgan va 2022/23 yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ayni paytda Nkunku «Milan»ning asosiy tarkib futbolchilari qatoriga kirmayapti. Shu sababli u «Leypsig»ga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Nemis klubi hujum chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy ehtiyoj sezmoqda. «Leypsig» «Kyoln» futbolchisi Said El-Mala transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. «Strasbur»dan Diyego Moreyrani xarid qilish rejasi ham amalga oshmadi — portugaliyalik futbolchi 50 million yevro evaziga «Milan»ga o‘tdi.

Bundan avval «Xoffenxaym» hujumchisi Fisnik Aslani transferi ham tibbiy ko‘rik natijalari sabab amalga oshmay qolgandi.

Germaniyada yozgi transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

Kiritildi: 16:22, 22.08.2026.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик