Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Ruben Amorim: «Hozircha «Milan» va «Inter» o‘rtasida farq bor»

Ruben Amorim: «Hozircha «Milan» va «Inter» o‘rtasida farq bor»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yangi mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, klub har doim chempionlik uchun kurashishi kerak.

«Milan»ning maqsadi doimo bitta — chempionlik. Bunga erishishimiz uchun qancha vaqt kerak bo‘lishini bilmayman, ammo bizning mentalitetimiz aynan shunday bo‘lishi shart. Chunki muxlislar bizdan shuni kutishadi.

Haqiqatni tan olishimiz kerak: hozircha «Milan» va «Inter» o‘rtasida farq bor. Ammo chempionatda barcha bir xil miqdordagi ochkolar uchun kurashadi. Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz», — dedi Amorim matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Milan» Italiya chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. A Seriya chempionligi esa «Inter»ga nasib etdi.

Yangi mavsumning birinchi turida «Milan» safarda «Torino» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:10, 22.08.2026.
O'qildi: 366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик