«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Germaniya Superkubogi uchun Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi jamoasining harakatlariga baho berdi. Myunxenliklar bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Vensan Kompani jamoasi Nataniel Braun va Maykl Olisenig 28 hamda 45-daqiqalarda urgan gollari evaziga raqibidan ustun keldi.
«Ochig‘ini aytsam, birinchi bo‘limni u qadar yaxshi o‘tkazmadik. Ha, 2:0 hisobida oldinda borayotgandik va g‘alabadan xursandmiz. Ammo bugungi o‘yinga qarab aytish mumkinki, oldimizda hali juda va juda ko‘p ish bor.
To‘pga egalik qilgan paytimizda faollik yetishmadi. Har doim ham bir-birimizni yaxshi qo‘llab-quvvatlay olmadik. Shuningdek, o‘z darvozamiz oldida, ayniqsa, qanotdan uzatilgan to‘plardan keyin raqibga juda ko‘p imkoniyat yaratib berdik.
Ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’atini pasaytirish va vaziyatni nazoratimizga olishning uddasidan chiqa olmadik. Natijadan xursandmiz, ammo ko‘rsatgan o‘yinimizdan unchalik qoniqmadik», — dedi Kimmix.
«Bavariya» 28 avgust, juma kuni Bundesliganing 1-turi doirasida «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushadi.













