Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo Bellingem qaysi pozisiyada o‘ynashi kerakligini aytdi

Mourinyo Bellingem qaysi pozisiyada o‘ynashi kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Espanyol»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda Jud Bellingemning harakatlariga baho berdi.

Angliyalik yarim himoyachi bahsning 9-daqiqasida hisobni ochdi. U 80-daqiqada Karlos Espiga almashtirildi. Zaxiradan maydonga tushgan Espi o‘yin yakunida «qaymoqranglilar»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

«Bellingem aynan shunday vazifada o‘ynashi kerak. U gol urishni biladi, shu sababli jarima maydoni yaqinida harakat qilganida ayniqsa xavfli bo‘ladi.

Agar uni sakkizlik yoki oltilik pozisiyasida o‘ynatsak, Bellingemning gollarini yo‘qotamiz», — dedi Mourinyo matbuot anjumanida. Uning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.

«Real» Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni «Real Sosyedad»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 03:41, 23.08.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик