Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo raqib futbolchilari va muxlislarining Vinisius Juniorga bo‘lgan munosabatidan norozi ekanini bildirdi.
Shanba kuni «qaymoqranglilar» La Liga doirasida «Espanyol»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni 90-daqiqada Karlos Espi kiritdi.
«Vinisius avliyo emas, ammo unga qarshi qanday o‘ynashayotgani haddan oshishdir. Qizil kartochka olishdan saqlanish uchun raqiblar unga ataylab navbatma-navbat qoida buzmoqda.
Biz tazyiq va ta’qibga qarshi kurashilayotgan davrda yashayapmiz. Ammo Vini raqib futbolchilari va muxlislari tomonidan ochiqchasiga ta’qib qilinmoqda. Uni bunday sharoitlarga imkon qadar yaxshi tayyorlashimiz kerak», — dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo samarali harakat qayd etmadi. U 32-daqiqada sariq kartochka oldi.













