Taniqli insayder Fabrisio Romano Xulian Alvaresning Madridning «Atletiko» klubidagi vaziyati haqida fikr bildirdi.
Argentinalik hujumchi bugun o‘tgan bahordan buyon ilk bor «Atletiko» safida maydonga tushishi mumkin. U jamoa qaydnomasiga qaytdi. Madridliklar La Liga doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.
«Alvares tarkibga qaytganidan keyin «Atletiko» muxlislari uni qanday kutib olishini ko‘rish qiziq bo‘ladi. Ayni paytda u hamon «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.
U aynan «Arsenal»ni rad etayotgani yo‘q. Shunchaki, uni faqat «Barsa»ga o‘tish varianti qiziqtirmoqda», — dedi Romano.
«Atletiko»ning «Malaga»ga qarshi o‘tgan uchrashuvida ayrim muxlislar Alvares qaydnomaga kiritilmagan bo‘lsa-da, uning sha’niga haqoratli hayqiriqlar aytgandi.













