«Napoli»ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatidagi dastlabki uchrashuvida «Jenoa» ustidan qozonilgan g‘alabadan xursandligini bildirdi. Mutaxassis o‘tgan yildan buyon neapolliklar safida harakat qilayotgan Kevin De Bryoyne haqida ham iliq fikrlar aytdi.
«De Bryoyne? U — chempion. To‘pga tekkan paytida boshqalardan mutlaqo farqli va o‘ziga xos harakat qiladigan futbolchi.
Shuningdek, u yaqindagina jahon chempionatidan qaytdi va jamoa bilan bor-yo‘g‘i 15 kun mashg‘ulot o‘tkazdi. Uchrashuvlar taqvimi yanada tig‘izlashgan paytda De Bryuyne eng yaxshi jismoniy holatda bo‘lishi juda muhim», — deya Allegrining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.
«Napoli» Italiya chempionatining keyingi turida Sesk Fabregas boshchiligidagi «Komo»ga qarshi maydonga tushadi.













