Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri: «Golni ancha oldinroq urishimiz mumkin edi»

Allegri: «Golni ancha oldinroq urishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri «Napoli» bosh murabbiyi sifatida Italiya chempionatidagi ilk uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi. Neapolliklar safarda «Jenoa»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Gollar faqat ikkinchi bo‘limda urilganiga qaramay, Allegri jamoasi katta muammolarga duch kelmaganini ta’kidladi.

«Dastlabki 25 daqiqada qiyinchiliklarga duch keldik. «Jenoa»ning bosimi ostida to‘p bilan muomala qilishda bir nechta texnik xatoga yo‘l qo‘ydik.

Keyin o‘yin sur’atini oshirdik va jarima maydoniga uzatilgan uchta to‘pdan yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik va 83-daqiqada gol urdik. Ammo hisobni ancha oldinroq ochish imkoniyatiga ega edik», — deya Allegrining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» o‘tgan mavsumni Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda yakunlagan.

Kiritildi: 08:31, 23.08.2026.
O'qildi: 274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик