Simone Indzagi o‘tmishda Rimning «Lasio» klubi safida to‘p tepgan va jamoani boshqargan. Shu sababli u klubdagi vaziyatni katta e’tibor bilan kuzatib bormoqda.
Mutaxassis «Lasio» muxlislarining klub rahbariyatiga qarshi norozilik namoyishlari yuragini og‘ritayotganini bildirdi.
«Juda chuqur qayg‘uni his qilyapman. Chidash qiyin bo‘lgan bu vaziyatdan tez orada chiqib ketishimizga umid qilaman.
Stadionga bormayotgan muxlislar bu holatdan hammadan ko‘proq aziyat chekmoqda. Men bu muhitni juda yaxshi bilaman. «Lasio»ga 23 yoshimda kelganman va u yerda 22 yilni o‘tkazganman», — deya Simone Indzagining so‘zlarini cittaceleste.it keltirdi.
«Lasio» so‘nggi marta 2000 yilda Italiya chempioni bo‘lgan. O‘sha paytda Simone Indzagi klub futbolchisi edi.













