«Inter»ning polshalik yarim himoyachisi Pyotr Zelinski A Seriyaning yangi mavsumidagi dastlabki turdayoq gol urdi.
Bu futbolchining Italiya yuqori divizionida gol kiritgan ketma-ket 12-mavsumi bo‘ldi. Zelinski ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha A Seriya tarixidagi xorijlik yarim himoyachilar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Undan faqat ketma-ket 13 ta mavsumda gol urgan Klarens Zeedorf oldinda turibdi.
Zelinskidan tashqari, Xuan Kuadrado, Yosip Ilichich, Nils Lidxolm va Matias Vesino ham A Seriyaning ketma-ket 12 ta mavsumida o‘z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo‘lgan.
«Inter» Italiya chempionatining keyingi turida safarda «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi.













