Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" Kodi Gakpo uchun yangi taklif tayyorlamoqda

"Tottenxem" Kodi Gakpo uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi "Liverpul" vingeri Kodi Gakponi transfer qilish uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, "shporlar" niderlandiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Endi London klubi transfer borasida "Liverpul" bilan kelishuvga erishishi kerak. Gakpo va "Tottenxem" o‘rtasida shaxsiy shartlar kelishilgani haqida boshqa manbalar ham xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Tottenxem" Gakpo transferi amalga oshmagan taqdirda, "Chelsi" vingeri Mixail Mudrikni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ukrainalik futbolchi antidoping qoidalarini buzgani uchun berilgan uzoq muddatli diskvalifikasiyasini yaqinda o‘tab bo‘ldi.

"Tottenxem" yangi mavsumni omadsiz boshladi. Londonliklar Angliya Premyer-ligasining birinchi turida "Brentford"ga qarshi derbida 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: 11:14, 23.08.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик