Bugun, 23 avgust kuni, Angliya Premyer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 1-turi doirasida «Manchester Siti» va «Bornmut» o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv «Etihad» stadionida o‘tkaziladi.
Tahlillarga ko‘ra, «Manchester Siti» uchrashuvning yaqqol favoriti hisoblanmoqda. Manbada «shaharliklar»ning g‘alaba qozonish ehtimoli 64,9 foiz, «Bornmut»niki 15,5 foiz deb baholangan. Durang ehtimoli esa 19,6 foizni tashkil etadi.
Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2026 yil 19 may kuni bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
«Manchester Siti» yangi mavsumni Enso Mareska qo‘l ostida boshlamoqda. Jamoa Premyer-ligadagi ilk bahsi oldidan Angliya Superkubogida «Arsenal»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
«Manchester Siti» — «Bornmut» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.













