Angliya Premyer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan "Nyukasl Yunayted" — "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi. "Sent-Jeyms Park" stadionida o‘tgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Entoni Elanga hisobni ochib, "Nyukasl"ni oldinga olib chiqdi.
55-daqiqada Kodi Gakpo javob golini kiritib, "Liverpul" uchun hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan uch daqiqa o‘tib, Jo Uillok "Nyukasl"ning ikkinchi golini urdi — 2:1.
"Liverpul" mag‘lubiyatdan uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda qutulib qoldi. 90+9-daqiqada Dominik Soboslai penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.
O‘tgan mavsumda "Nyukasl Yunayted" 49 ochko bilan APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallagan. "Liverpul" esa 60 ochko to‘plab, mavsumni 5-pog‘onada yakunlagan.
Keyingi turda "Nyukasl" 29 avgust kuni safarda "Tottenxem"ga qarshi o‘ynaydi. "Liverpul" esa shu kuni o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.













