Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

APL "Liverpul" foydasiga belgilangan bahsli penalti bo‘yicha hakamlar suhbatini e’lon qildi

APL "Liverpul" foydasiga belgilangan bahsli penalti bo‘yicha hakamlar suhbatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" — "Liverpul" uchrashuvining so‘nggi daqiqalarida belgilangan penalti bo‘yicha hakamlar o‘rtasidagi muloqot e’lon qilindi.

Bosh hakam ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida "Nyukasl" himoyachisi Lyuis Xollning Viktor Munyosga nisbatan qoidabuzarligidan so‘ng mehmonlar foydasiga penalti belgiladi. VAR tekshiruvidan keyin ham qaror o‘z kuchida qoldi.

Premier League Match Centre hakam va VAR o‘rtasidagi ushbu vaziyatga oid muloqotni e’lon qildi.

Bosh hakam: "U to‘pga o‘ynamadi. Aniq kontakt bor".

VAR: "Tizza bilan son qismiga kontakt bor. Penalti belgilash haqidagi qarorni tasdiqlaymiz".

Shundan so‘ng 11 metrlik zarbani Dominik Soboslai aniq amalga oshirdi va "Liverpul"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Dramatik kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. 

Kiritildi: 01:28, 24.08.2026.
O'qildi: 1426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик