"Al-Hilol" "Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Klublar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. BBC jurnalisti Sami Mokbelning xabar berishicha, Saudiya ligasi grandi vakillari "kanonirlar"ga braziliyalik futbolchi uchun "Galatasaroy"dan ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul klubi taxminan 45 million yevro taklif qilgan, ammo futbolchining o‘zi bu transferni rad etgan.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Martinelliga joriy mavsumda unga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.













