«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti»ning transfer maqsadlari qatoriga kirdi.
The Touchline nashri jurnalist Xose Alvaresga tayanib xabar berishicha, «shaharliklar» 29 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Angliya klubi transfer oynasi yopilishidan oldin niderlandiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
De Yong jarohat sabab yangi mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yubormoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uning maydonga qaytishi kuz faslining oxirlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Yaqinda «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik de Yongni jamoa sardorlari safidan chiqargan edi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 35 mln yevroga baholanmoqda. De Yong o‘tgan yilning kuzida «Barselona» bilan shartnomasini 2029 yilga qadar uzaytirgan.













