Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Manchester Yunayted» Balde transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Manchester Yunayted» Balde transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Balde hamon «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari qatorida turibdi.

22 yoshli futbolchining Kataloniya klubini tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar so‘nggi kunlarda yanada kuchaydi. Bu xabarlar fonida «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Baldeni yakshanba kunigi La Liga uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritmadi. Mutaxassis futbolchiga «uyda qolib, miyasini keraksiz ma’lumotlardan tozalashni» maslahat bergan.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» vakillari ehtimoliy transfer shartlarini bilish maqsadida Baldening agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqan.

Transfermarkt mutaxassislari ispaniyalik himoyachining bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:46, 24.08.2026.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик