Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Simeone "Atletiko"ning yangi transferlari haqida: "Kimni olib kelishsa, o‘shandan foydalanaman"

Simeone "Atletiko"ning yangi transferlari haqida: "Kimni olib kelishsa, o‘shandan foydalanaman"

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liganing 2-turida "Vilyarreal" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganidan keyin transfer oynasining so‘nggi haftasidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Shuningdek, argentinalik mutaxassis tarkibda hujumchilar yetishmayotgani sabab vinger Ademola Lukmanni hujum markazida o‘ynatishga majbur bo‘lganini izohladi.

— Transfer oynasining so‘nggi haftasidan nimani kutyapsiz?

"Menga kimni olib kelishsa, o‘shandan mamnun bo‘laman. "Atletiko"da baxtliman va odamlar hamda klubdan juda minnatdorman. 15 yildan buyon shu yerdaman. Men nimanidir talab qilish haqida o‘ylamayman. Kimni olib kelishsa, o‘sha futbolchidan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilaman".

— Sizga hujumchilar kerakligini aytyapsiz. Hozir yo‘q futbolchilarning o‘rnini to‘ldirishga majbur bo‘layotgan o‘yinchilar haqida nima deya olasiz?

"Avvalo, Lukmandan uzr so‘rayman, chunki bu uning pozisiyasi emasligini bilaman. U bizga yordam berishi kerak edi, chunki Syorlot jarohat olgan, Xulian Alvares esa imkon qadar tezroq safga qaytish uchun harakat qilmoqda.

Lukman ajoyib yigit va juda qattiq harakat qilyapti. Ammo unga o‘zi yaxshi ko‘radigan ishlar — raqibni aldab o‘tish, gol urish va birga-bir vaziyatlarda harakat qilish yetishmadi. Hujumchilarimiz safga qaytgach, unga yana shu imkoniyatlarni yaratib beramiz", — dedi Simeone.

Kiritildi: 11:22, 24.08.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик