«Barselona» yarim himoyachisi Gavining jarohati jiddiy emas. Bu haqda jurnalist Jerar Romero xabar berdi.
21 yoshli futbolchi La Liganing «Elche»ga qarshi o‘yinida o‘ng tizzasidan jarohat oldi. U 44-daqiqada harakatni davom ettira olmay, maydonni tark etdi va o‘rniga Pedri tushdi. Kataloniyaliklar mazkur bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hodisa Gavining avval ham og‘ir jarohatlangan o‘ng tizzasi bilan bog‘liq bo‘lgani sabab dastlab jiddiy xavotirlarga sabab bo‘ldi. Biroq o‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlar og‘ir shikastlanish yo‘qligini ko‘rsatgan.
Shunga qaramay, «Barselona» hozircha rasmiy tashxisni e’lon qilgani yo‘q. Gavining 27 avgust kuni «Atletik»ka qarshi o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etishi qo‘shimcha tekshiruvlar natijasiga bog‘liq bo‘ladi.













