Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

"Manchester Yunayted" Lyuis-Skelli transferidan umidini uzmadi

"Manchester Yunayted" Lyuis-Skelli transferidan umidini uzmadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Arsenal" futbolchisi Maylz Lyuis-Skellini qo‘lga kiritish imkoniyatidan hamon umidvor. Mankunianliklar transfer oynasi yopilguniga qadar chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

19 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, Lyuis-Skelli yangi mavsumda Mikel Arteta jamoasining asosiy tarkibida muntazam o‘ynamoqda.

U "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Superkubogi bahsida (3:0), shuningdek, APLda "Koventri Siti"ga qarshi uchrashuvda (3:0) dastlabki daqiqalardan maydonga tushdi.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" o‘z tarbiyalanuvchisini 50 mln funtdan yuqori baholamoqda. "Manchester Yunayted" esa hozircha bu narxni juda yuqori deb hisoblayapti.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Lyuis-Skelli jamoada qolishiga "100 foiz" ishonch bildirgan.

Futbolchining universalligi "Manchester Yunayted"ni o‘ziga jalb qilayotgan asosiy jihatlardan biri. Lyuis-Skelli chap qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi sifatida harakat qila oladi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" bu pozisiya uchun "Nyukasl" futbolchisi Lyuis Xollni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqqan, ammo "Nyukasl" uni sotish niyati yo‘qligini bildirgan.

Kiritildi: 17:29, 24.08.2026.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик