"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko Gonsales "Nyukasl"ga o‘tishga yaqin.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "hakkalar" va "Manchester Siti" futbolchining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. "Nyukasl" 47 million funt to‘laydi, yana 3 million funt turli bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan.
Futbolchining o‘zi ham transferga rozilik bergan. Kutilishicha, Gonsales "Nyukasl"ning sport loyihasida muhim o‘rin tutadi.
Gonsales "Manchester Siti" tarkibida ikki mavsum o‘tkazdi. U Angliya Premyer-ligasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.













