Rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Batrakov «Galatasaroy» futbolchilari oldida nutq so‘zladi.
Futbolchi Istanbul klubiga o‘tganidan xursand ekanini ta’kidladi, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Okan Burukka minnatdorlik bildirdi.
«Ushbu buyuk klubga qo‘shilganimdan juda xursandman. Menga berilgan imkoniyatdan foydalanib, jamoa bilan birga ajoyib vaqt o‘tkazishni istayman», — dedi Batrakov.
Futbolchining ushbu nutqi aks etgan videoni Sami Yen Gündem ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
Avvalroq Istanbul aeroportida «Galatasaroy» muxlislari rossiyalik futbolchini iliq kutib olishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya klubi Batrakov transferi uchun «Lokomotiv»ga 29 million yevro to‘ladi. «Galatasaroy» futbolchi transferi bo‘yicha to‘lovlarni 2027 yil dekabriga qadar to‘liq amalga oshirishi kerak.













