Iroq terma jamoasi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida bosh murabbiy Grem Arnold bilan hamkorlik davom ettirilishini e’lon qildi. Yangi shartnoma 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.
Avstraliyalik mutaxassis 2025 yil may oyidan buyon Iroq terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va o‘z tarixida ikkinchi bor, 1986 yildan keyin esa ilk marta mundialda ishtirok etdi.
Joriy yozda o‘tkazilgan musobaqada Iroq Fransiya, Norvegiya va Senegal bilan bir guruhdan joy oldi. Jamoa guruh bosqichini 4-o‘rinda yakunlab, pley-offga chiqa olmadi.













