Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

O‘zbek futboli hakamligidagi xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilindi

O‘zbek futboli hakamligidagi xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zbekiston Hakamlar markazi rahbariyati, Hakamlar qo‘mitasi a’zolari, Superliga va Proligada faoliyat olib borayotgan hakamlar, instruktorlar hamda inspektorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, uchrashuvlarni boshqarish sifati, hakamlarning o‘z ustida ishlashi va ularning darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ayrim hakamlarga xatolarni bartaraf etish borasida so‘nggi imkoniyat berilishi ta’kidlandi.

Ma’mur Saydqosimov: «Har bir turda o‘yin boshqarishga kurashishdan ko‘ra, avvalo uchrashuvni sifatli boshqarish muhim. Belgilangan qoidalar va tartibga amal qilish kerak. Xatolar takrorlanaversa, ularga nisbatan qat’iy choralar, hatto hakamlikdan chetlatishgacha bo‘lgan jazolar qo‘llaniladi.

Xato bo‘lishi mumkin, ammo uni qayta-qayta takrorlash katta kamchilik. VAR, AVAR va yordamchi hakamlar kerakli vaziyatlarda bosh hakamga doimo yordam berishi shart.

Qaror qabul qilishdan oldin vaziyatni to‘g‘ri baholash, maydonda ko‘proq mehnat qilib, vaziyatga yaqinroq bo‘lish zarur. Chunki hakamning maydonda to‘g‘ri joy tanlashi juda ham muhim. Bu qarorlarning aniqligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Proligada ham xatolar va hakamlarga oid savollar ko‘paymoqda. Agar hakam charchagan yoki o‘yinga tayyor bo‘lmasa, buni ochiq aytishi kerak.

Bizning maqsadimiz barcha hakamlarni birlashtirgan holda xatolarni maksimal darajada kamaytirishdir».

Bobur Haydarov: «Qoidalar ularga amal qilish uchun ishlab chiqilgan. Hakam o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasligi kerak. Har bir vaziyatga o‘z vaqtida yetib borish va to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim.

Katta tajribaga ega hakamlarda ham xatolar uchramoqda. Buni to‘g‘rilashimiz kerak. Maqsadimiz xalqaro darajadagi hakamlarni tayyorlash va buning uchun doimiy ravishda ishlashdir».

Valentin Kovalenko: «Tahlillar davomida ayrim xatoliklar ko‘pligi ko‘rinmoqda. Albatta, yaxshi boshqarilgan o‘yinlar ham ko‘p, ammo kamchiliklarni ham ochiq tan olish kerak.

Agar hakam o‘yinga tayyor bo‘lmasa, buni oldindan aytishi lozim. Barchamiz insonmiz, tushunamiz. Har bir o‘yin yangi tajriba, ammo maydonda professional bo‘lish va vaziyatlarga tayyor turish shart».

Abduhamidullo Rasulov: «Biz tomondan qandaydir muammo yoki yetishmovchilik bormi? Sizlarga zarur sharoitlarni yaratib bera olmayapmizmi? Bo‘lsa, ochiq aytinglar — sizlarni eshitishga tayyormiz.

Agar zarur sharoitlar yaratilmaganida, xatolarni tushunish mumkin edi. Ammo hakamlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Sizlardan talab shu — o‘zingiz ustida ko‘proq ishlang va xatolarni kamaytiring».

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 19:24, 25.08.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик