Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) 2025/26 mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-liganing ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Eng ko‘p vakil «Arsenal»dan bo‘ldi — London klubining birdaniga besh nafar futbolchisi yilning eng yaxshi tarkibiga kiritildi. «Manchester Siti»dan to‘rt nafar o‘yinchi tanlangan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» va «Brentford»dan bittadan futbolchi joy oldi.
Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha:
David Rayya, Gabriel, Vilyam Saliba, Yurriyen Timber, Deklan Rays, Niko O’Rayli, Rayan Sherki, Antuan Semenyo, Erling Xoland, Brunu Fernandesh va Igor Tiago.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Premyer-liga chempioniga aylandi.













