«Betis» Ispaniya chempionati 1-turidan qoldirilgan uchrashuvda safarda «Valensiya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsdagi yagona gol 83-daqiqada Pablo Garsiya tomonidan urildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Betis» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Valensiya» esa 1 ochko bilan 15-pog‘onada joylashgan.
3-turda «Betis» safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushadi. «Valensiya» esa mehmonda «Deportivo» bilan bahs olib boradi.













