«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonega hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi haqidagi savollar tobora ko‘payib bormoqda.
26 yoshli futbolchi «Barselona»ga o‘tishni istayapti, ammo madridliklar rahbariyati uni jamoadan qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Muxlislar esa jamoada qolishni xohlamayotganini ochiq ko‘rsatayotgan Alvaresni hushtakbozlik bilan qarshi olayotgani aytilmoqda.
Jurnalist Gaston Edul ma’lumotiga ko‘ra, Simeonega OAV vakillarining Alvares vaziyati haqidagi doimiy savollari jonga tekkan. Shu bilan birga, argentinalik mutaxassis futbolchi jamoada qolsa, bu mavzu butun mavsum davomida uni ta’qib qilishini ham yaxshi tushunadi.
Ko‘plab xabarlarga ko‘ra, «Atletiko» Alvaresni «Arsenal»ga sotishga tayyor. Biroq Angliyaga ko‘chib o‘tish varianti futbolchining o‘ziga ma’qul emas.













