Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Liverpul»ning vinger borasidagi muzokaralari berk ko‘chaga kirib qoldi

«Liverpul»ning vinger borasidagi muzokaralari berk ko‘chaga kirib qoldi

Baho:
+ | -

«Brayton» vingeri Yankuba Mintening «Liverpul»ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin. Insayder Fabrisio Romanoning hisobotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar berk ko‘chaga kirib qolgan – oxirgi sutka davomida tomonlar bitim shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olishmadi.

«Qizillar» bozordagi boshqa variantlarni ham o‘rganishda davom etmoqda. Mersisaydliklarning ustuvor maqsadi «PSJ»dan Bredli Barkola bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, klub hujum chizig‘ini yana bir qanot o‘yinchisi bilan kuchaytirish niyatida.

Yankuba Mintening bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 45 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq 22 yoshli gambiyalik futbolchining «Liverpul»ga o‘tishni xohlayotgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 10:18, 26.08.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик