"Sabah" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev jamoasining ECHLga chiqqanidan keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.
O‘zbekistonlik futbolchidan ushbu natijadan so‘ng Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlariga qanday fikr bildirishi so‘raldi.
Rahmonaliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqinlikni alohida ta’kidlab, Ozarbayjonda o‘zini begona his qilmasligini aytdi.
— Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlarini uzoq yillik qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi. Ikki mamlakat prezidentlari o‘rtasida ham iliq munosabatlar mavjud. Shuning uchun Ozarbayjonda o‘zimni xuddi o‘z uyimdagidek his qilaman. Bu yerdagi xalqqa menga ko‘rsatayotgan munosabati uchun katta rahmat aytaman, — dedi futbolchi.













