"Feyenoord" transfer bozorida faol ish olib bormoqda va "Manchester Yunayted"ning 18 yoshli hujumchisi Chido Obini ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
De Telegraaf nashri ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Obi hozircha "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga da’vogar emas. Shu sababli Angliya klubi unga ko‘proq maydonga tushish imkoniyati beriladigan jamoaga ijaraga yuborish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda. Biroq "Feyenoord" hozircha futbolchini aynan ijaraga olishga qiziqmoqda.
Ehtimoliy bitimda keyinchalik sotib olish huquqi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.
O‘tgan mavsumda Chido Obi 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













