Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Alvaresning mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishi "Barselona" bilan bog‘liq emas

Alvaresning mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishi "Barselona" bilan bog‘liq emas

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares jamoa mashg‘ulotini "Barselona" bilan bog‘liq vaziyat sabab o‘tkazib yubormagan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Futbolchiga yaqin manbalar argentinalik hujumchining mashg‘ulotda qatnashmagani intizomsizlik yoki norozilik bilan bog‘liq ekani haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Alvares hech qachon o‘zini kasaldek ko‘rsatmaydi. Uning mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishi tunda yaxshi uxlamagani va o‘zini noxush his qilgani bilan bog‘liq bo‘lgan. "Atletiko" tomoni ham xuddi shu versiyani bildirgan.

Avvalroq Alvares "Barselona"ning markaziy hujumchi pozisiyasi uchun asosiy transfer maqsadi ekani, futbolchining o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishni orzu qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Atletiko" esa o‘z navbatida hujumchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisiga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Kiritildi: 23:10, 26.08.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик