«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee Italiya A Seriyasining yana bir klubi qiziqish doirasiga tushdi.
Football Italia xabariga ko‘ra, «Fiorentina» niderlandiyalik futbolchini yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan. 25 yoshli hujumchi «binafsharanglilar» safida «Komo»ga o‘tishga qat’iy qaror qilgan Moyze Kinning o‘rnini egallashi mumkin.
Avvalroq turli manbalar Joshua Zirkzeega «Napoli» va «Yuventus» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi.
Transfermarkt ekspertlari «qizil iblislar» forvardining transfer qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda. Zirkzee Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval Italiyada «Bolonya» sharafini himoya qilgan.













