Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» Leau uchun «Milan»ga ikki xil taklif berdi

«Aston Villa» Leau uchun «Milan»ga ikki xil taklif berdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» «Milan» vingeri Rafael Leau transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi «rossonerilar»ga bitimning ikki variantini taklif qilgan.

Birinchi variant — 42 million yevro va qo‘shimcha 3 million yevro bonus evaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri transfer. Ikkinchi variant esa 8 million yevroga ijara va keyinchalik 42 million yevroga majburiy sotib olish shartini o‘z ichiga oladi.

27 yoshli futbolchining kelajagi yaqin soatlar ichida hal bo‘lishi mumkin.

Rafael Leauga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Istanbul klubi portugaliyalik futbolchi uchun taxminan 44 million yevro taklif qilgan.

Transfermarkt ekspertlari Leauning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:46, 27.08.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик