«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolya transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.
23 yoshli fransuz futbolchisining transfer qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 120 million funtni tashkil etadi. Shundan 100 million funtdan sal ko‘proq qismi kafolatlangan to‘lov bo‘ladi.
Barkolya 2023 yil avgustidan buyon Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U «PSJ»ga «Lion»dan 45 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Hujumchi «PSJ» safida jami 152 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 37 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Barkolya Parij klubi bilan ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va uch bor Fransiya chempioni bo‘lgan.













