Savinyo «Charlton»ga qarshi yirik g‘alabada ishtirok etdi — 5:1.
«Tottenxem» Angliya Liga kubogining 2-bosqichida Chempionship vakili ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
Bu braziliyalik futbolchining yangi jamoasi safidagi ilk o‘yini bo‘ldi. Savinyo kecha «Manchester Siti»dan 85 million funt evaziga «Tottenxem»ga o‘tgan edi.
U 71-daqiqada maydonga tushdi, 82-daqiqada gol urdi va 85-daqiqada Ben Devisning goliga assistentlik qildi.
O‘tgan mavsumda Savinyo APLda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.













