«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus London klubining asosiy tarkibidan chetda qoldi.
Braziliyalik futbolchi birinchi jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmayapti va transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishi ehtimoli yuqori.
«Bu jamoamizdagi futbolchilar soni bilan bog‘liq», — deya «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlarini keltirdi Fabrisio Romano.
Jezus «Arsenal» safida 2022 yil yozidan buyon to‘p tepadi. O‘shanda u «Manchester Siti»dan London klubiga o‘tgandi.
Hujumchi «Arsenal» tarkibida jami 123 ta uchrashuv o‘tkazib, 32 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.













