Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Rodri «Barselona»dagi debyutidan so‘ng fikr bildirdi

Rodri «Barselona»dagi debyutidan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning yangi futbolchisi Rodri debyut uchrashuvidan so‘ng OAV vakillariga fikrlarini bildirdi.

30 yoshli yarim himoyachi La Liga doirasida «Atletik» Bilbaoga qarshi uchrashuvning 63-daqiqasida Rafinya Diash o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Debyutim va g‘alabadan juda xursandman. Endi olti ochkodan olti ochko jamg‘arib bo‘ldik. Ritmga kirish va moslashish muhim. Birinchi o‘yin menda juda ijobiy taassurot qoldirdi. Formaga kirish uchun maydonda vaqt olish men uchun muhim edi.

Bu yoz juda uzoq va voqealarga boy bo‘ldi. Hali 100 foiz tayyor emasman, jismoniy holatimni tiklashim kerak, ammo barchasi qanday kechayotganidan mamnunman», — deya Rodri so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

«Barselona» jahon chempionini o‘tgan hafta «Manchester Siti»dan transfer qilgan edi.

Kiritildi: 07:05, 28.08.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик