Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Martines o‘rniga Trubin variantini ko‘rib chiqmoqda

«Tottenxem» Martines o‘rniga Trubin variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Jurnalist Pol O’Kif «Tottenxem»ning Emiliano Martines transferiga qiziqishi hamda Anatoliy Trubin variantini ko‘rib chiqayotgani haqida fikr bildirdi.

«Martines oyoqda o‘ynash borasida unchalik kuchli emas, Roberto De Dzerbi uchun esa bu muhim jihat. Klub Anatoliy Trubin variantiga ham qisqacha nazar tashladi. Bu transfer albatta amalga oshadi, deb aytmayman, ammo vaziyatni kuzatishga arziydi», — deb yozdi insayder ijtimoiy tarmoqda.

Trubin 2023 yil avgustidan buyon Lissabonning «Benfika» klubi safida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

25 yoshli ukrainalik darvozabonning transfer qiymati 25 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 13:21, 28.08.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик