Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» himoyachisini yana ijaraga berdi

«Chelsi» himoyachisini yana ijaraga berdi

Baho:
+ | -

«Preston» 21 yoshli chap qanot himoyachisi Kaleb Uaylini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Amerikalik futbolchi Londonning «Chelsi» klubidan mavsum yakuniga qadar ijara asosida «Preston»ga o‘tdi. Uayli yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan sakkizinchi yangi futbolchi bo‘ldi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari rasman oshkor qilinmagan.

Himoyachi yangi jamoasida 12-raqam ostida to‘p suradi.

Kaleb Uayli «Atlanta Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub tizimiga 11 yoshida qo‘shilgan. U 2024 yil iyulida 10,1 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tdi va shundan so‘ng «Strasbur»ga ijaraga berildi. Keyinchalik futbolchi ikki marta «Uotford»da ham ijara asosida to‘p surdi.

Transfermarkt portali Uaylining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda u jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 18:29, 28.08.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик