«PSJ» Fransiya Liga 1 tarixida juda kam uchraydigan natijani takrorladi.
Parijliklar «Lill»ga qarshi uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan edi. Shunga qaramay, «PSJ» bahs so‘ngida ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bunday holat Liga 1da statistika yuritila boshlanganidan buyon faqat bir marta qayd etilgan. 2011 yilda «Nissa» «Lion»ga 0:2 hisobida yutqazayotgan paytda ikki gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qolgan edi.
Shu bilan birga, «PSJ» ketma-ket uchta uchrashuvda g‘alaba qozona olmayapti. Bu parijliklarning 2024 yildan buyongi eng yomon seriyasi hisoblanadi.
Fransiya chempionatining keyingi turida «PSJ» «Monako»ga qarshi maydonga tushadi.













